1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilari mukofot puli olmayapti

Tejalgan pulga harbiy texnika sotib olindi

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilari mukofot puli olmayapti

 

Qirg‘iziston davlat xizmatchilariga beriladigan mukofot pullaridan tejalgan summaga zamonaviy dronlarni sotib oldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati rahbari maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yil oxirida hech qanday mukofot puli olmagan davlat xizmatchilari mamlakat xavfsizligini taʼminlashga hissa qo‘shgan.

 

“Agar mamlakat o‘z xavfsizligini taʼminlay olmasa, choraklik mukofotlar, davlat xizmatchilariga qo‘shimcha to‘lovlar uchun hech qanday xarajat qilnmaydi”— dedi O‘runbekov.

 

U ayrim davlat xizmatchilarining qo‘shimcha maoshlarning qisqartirilganidan noroziligini o‘rinsiz deb hisoblab, ularga shu yil oxirida maosh berilishini vaʼda qilmoqda.

 

O‘runbekov Tojikiston bilan chegaradagi to‘qnashuvlardan so‘ng Qirg‘iziston mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratayotganini taʼkidladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика