Jasadni Irlandiya botqog‘ini tozalayotgan mahalliy aholi topgan.
Inson tanasi tabiiy ravishda mumiyolangan va yaxshi saqlanib qolgan. Uning tanasi bir necha bosqichlarda o‘rganilib chiqildi. Oshqozonini tekshirgan shifokorlar uning oxirgi taomi bug‘doy bo‘lganini aniqlashdi. Qo‘llarining uzunligidan uning bo‘yi 198 sm bo‘lgan degan xulosaga kelishdi. Hozirda mumiyo Irlandiya milliy muzeyida saqlanyapti.
Avvalroq Isroilda yoshi ming yildan oshadigan tovuq tuxumi topilgani hamda Birlashgan Arab Amirliklarida Horun ar-Rashidning rafiqasi Zubaydaga tegishli xazinalar topilgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


