
Sami Jasim ISHID sobiq rahbari Abu Bakr Al-Bag‘dodiyning o‘rinbosari bo‘lgan. U tashkilotda moliyaviy masalalarga javob bergan. Kozimiy buni Iroq razvedkasi tarixidagi eng murakkab operatsiyalardan biri sifatida baholagan. Mahalliy telekanallarning xabariga ko‘ra, amaliyot Iroq tashqarisida o‘tkazilgan. Uning tafsilotlari keltirilmagan.
Maʼlumot o‘rnida: ISHID 2014-2017 yillarda Iroq hududining uchdan bir qismini egallab olgan. 2015-yildan Bag‘dod xalqaro koalitsiya ko‘magida terrorchilarga qarshi keng ko‘lamli operatsiya boshlagan.
Bundan avval Afg‘onistondagi ISHID jangarilari hamda AQSH Iroqni tark etishi haqida xabar berilgandi.
Jahongir Qo'ziyev


