1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Iroqda Telegram bloklandi

Bu mamlakat va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash bilan izohlanmoqda.

Iroqda Telegram bloklandi

 

Iroq rasmiylari Telegram messenjeri mamlakatda bloklanganini rasman eʼlon qildi. Bu haqda aloqa vazirligining maxsus bayonotida aytiladi.

 

“Telegramʼni bloklash vakolatli organlarning mamlakat milliy xavfsizligiga oid ko‘rsatmalari asosida, shuningdek, fuqarolarning yuqorida qayd etilgan messenjer tomonidan kuzatiladigan shaxsiy maʼlumotlarini saqlash maqsadida amalga oshirildi”, — deyiladi xabarda.

 

Vazirlikning tushuntirishicha, tegishli organlar boshqaruv kompaniyasidan xavfsizlik va jamoat tinchligiga tahdid soladigan rasmiy davlat idoralari maʼlumotlari va iroqliklarning shaxsiy maʼlumotlari sizib chiqishi uchun masʼul bo‘lgan platformalarni yopish bo‘yicha hamkorlik qilishni bir necha bor talab qilgan. Biroq Aloqa vazirligiga ko‘ra, kompaniya buni qilmagan va rasmiylarning hech qanday so‘roviga javob bermagan.

 

Iroq Aloqa vazirligi mamlakat fuqarolari ushbu qarorni to‘g‘ri tushunishiga ishonch bildirdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика