1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Iroqning neftdan olgan daromadi so‘nggi 50 yildagi rekordni yangiladi

Rossiya–Ukraina mojarosi jahon neft bozorini “titratishda” davom etmoqda.

Iroqning neftdan olgan daromadi so‘nggi 50 yildagi rekordni yangiladi

 

Iroq mart oyida 11.07 milliard dollarlik neft eksport qilgan. Bu haqda Iroq neft vazirligi maʼlum qildi.

 

Vazirlikning qayd etishicha, bu so‘nggi 50 yildagi rekord holat. Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti ortidan “qora oltin”ning jahon ozoridagi narxi keskin ko‘tarilib ketdi.

 

Bag‘dod daromadlarining 90 foizdan ortig‘i neft daromadlariga bog‘liq va bu davlat g‘aznasiga katta foyda olib keladi.

 

Neft eksportyor davlatlari tashkilotida (OPEC) neft qazib chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan Iroq o‘tgan oyda 100 million barreldan ortiq “qora oltin” sotdi. Fevralda mamlakat jami 8.6 milliard dollarlik neft eksport qilgandi.

 

Uglevodorodlardan keladigan daromad hukumat uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, sababi Iroq moliyaviy inqirozga uchragan hamda o‘n yillik urushda vayron bo‘lgan infratuzilmani tiklash uchun pulga muhtoj.

 

Shu bilan birga mamlakatning 41 million aholisi elektr energiyasi yetishmovchiligidan aziyat chekadi. Katta neft va gaz zahiralariga egaligiga qaramay, Bag‘dod hamon energetik tanqislikka qarshi kurashda importga qaramlikni saqlab qolgan. Xususan, Eron iroqliklarning gaz va elektrga bo‘lgan 1/3 talabini taʼminlaydi, ammo yetkazib berish hajmi tobora kamayib bormoqda.

 

Moskvaning 24 mart kuni Ukrainada harbiy amaliyotni boshlagandan so‘ng, yetkazib berish hajmining kamayib ketishi xavfi ortidan neft narxi keskin ko‘tarilib ketdi. Rossiya “qora oltin” eksportida dunyoda Saudiya Arabistonidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi.

 

31 mart kuni OPEC va uning Rossiya boshchiligidagi ittifoqchilari G‘arbning neft qazib olishni ko‘paytirish to‘g‘risidagi so‘rovlarini inkor qilib, ishlab chiqarishni arzimas ko‘rsatkichlarda oshirishga kelishib oldi.  Xususan, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi 13 davlat va Rossiya yetakchiligidagi 10 davlat may oyidan boshlab kuniga 432 ming barrel neft qazib olishga kelishib oldi – bu avvalgi ko‘rsatkichlardan biroz yuqori.

 

AQSH bu davlatlardan ishlab chiqarishni ko‘paytirishni so‘ragan. Energoresurslarning narxi ko‘tarilishi butun dunyoda inflyatsiya miqdorining ko‘tarilishiga, bu o‘z navbatida pandemiyadan so‘ng qayta tiklanayotgan iqtisodiyotga salbiy taʼsir o‘tkazishiga sabab bo‘ladi.

 

OPEC G‘arb talablarini bajarishdan bosh tortgach, Vashington o‘z strategik zahiralaridagi neftni chiqarishga qaror qildi.

 

So‘nggi ikki oyda Brent markali neftning bir barreli 140 dollarga yetdi, ammo keyinchalik uning bahosining pasayishi kuzatildi.

 

Avvalroq AQSH davlat kotibi Rossiyani neft va gazdan siyosiy qurol sifatida foydalanishda ayblagandi

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика