1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ish bahona urushga chaqirib olayotganlarga aldanmang!

IIV fuqarolarni Ukrainadan boshqariladigan Telegram-kanalning firibgarligi haqida ogohlantirdi.

Ish bahona urushga chaqirib olayotganlarga aldanmang!

 

IIVning Kiberxavfsizlik markazi tomonidan Telegram tarmog‘idagi kanal va guruhlarning internet-monitoringi o‘tkazildi. Unda firibgarlar pul yutib olganligi haqida yolg‘on eʼlonlar joylashtirgan.

 

Xususan, Telegram‘da "Zarabotok v Uzbekistane" kanalida 3847 kishi obuna bo‘lgani aniqlangan. Ushbu kanalda xorijiy davlatlar fuqarolarining Parimatch (Parimatch) nomli totalizator o‘yinini o‘ynab, katta miqdorda pul yutib olganligi to‘g‘risida, rus tilida so‘zlagan intervyulari joylashtirilganligi maʼlum bo‘ldi.

Totalizator o‘yinlariga qiziqishni oshirish maqsadida foydalanuvchilarga bonus sifatida 2 million so‘mdan 20 million so‘mgacha bonus vaʼda qilingan. Soxta sahifasi orqali o‘yin o‘ynash uchun foydalanuvchilar tomonidan o‘zbek so‘mida Uzcard va Humo to‘lov tizimlari orqali har bir stavkaga eng kamida 50 ming so‘m pul mablag‘larini to‘lash mumkin bo‘ladi.

 

Biroq “yutuq”ni bank kartasiga o‘tkazmoqchi bo‘lganida, tizim foydalanuvchi sahifasini bloklab qo‘ygan yoki pul olish imkoniyatini cheklab qo‘yiladi.

 

Olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar natijasida Telegram kanal maʼmuri Toshkent shahrining Sergeli tumanida yashovchi 28 yoshli fuqaro P.E. ekanligi ekani aniqlandi. Biroq maʼlum bo‘lishicha, aslida esa uning ushbu noqonuniy kanalga aloqasi yo‘qligi, 2022 yil 11 maydan buyon Seul (J.Koreya) davlatida ekanligi, mazkur Telegram kanali ukraina davlati hududidan turib boshqarilayotganligi aniqlandi.

 

"Ijtimoiy tarmoqlarda oson pul topish bilan bog‘liq reklama va xabarlarni xorijdan kelgan firibgarlar tarqatmoqda. Ular aldov yo‘li bilan ishonuvchan fuqarolardan pul olishga harakat qilmoqda.

 

Hurmatli fuqarolar, osonlik bilan boyib ketishni maqsad qilgan, firibgarlar tuzog‘iga ilinmang, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali keladigan sovrin va yutuqlar haqidagi xabarlardan ehtiyot bo‘ling", — deyiladi IIV Kiberxavfsizlik markazi xabarida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика