1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ish stajiga ega bo‘lmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshiriladi

Prezident farmoni bilan 1-avgustdan ish stajiga ega bo‘lmagan keksalarning nafaqasi, boquvchisini yo‘qotganlik uchun, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar uchun va boshqa holatlarda to‘lanadigan nafaqalar miqdori oshiriladi.

Ish stajiga ega bo‘lmaganlarga beriladigan nafaqa miqdori oshiriladi

 

Prezidentning "Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatga ko‘ra, 2023-yil 1-avgustdan:

 

  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 568 000 so‘m;
  • ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 568 000 so‘m;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 568 000 so‘m;
  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 568 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun — 198 000 so‘m etib belgilanadi;
  • boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 568 000 so‘m etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика