1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

ISHIDni Afg‘oniston xalqi qo‘llab-quvvatlamaydi — “Tolibon” vakili

“Tolibon” Putinning Afg‘onistondagi ISHID xavfi to‘g‘risidagi fikrlariga munosabat bildirdi. Bu haqda “Tolibon”ning madaniyat bo‘yicha qo‘mitasi vakili Inomulla Samanganiy TOLONews ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

ISHIDni Afg‘oniston xalqi qo‘llab-quvvatlamaydi — “Tolibon” vakili

 

 

Samanganiyning so‘zlariga ko‘ra, ISHID Afg‘onistonning hech qaysi qismida aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi.  “Мamlakat shimolida terrorchilar mavjudligi to‘g‘risidagi bayonotlar asosga ega emas”,  – degan Samanganiy.

 

Bundan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDHga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashida ISHIDning asosiy maqsadi –– etnik va diniy nizolarni qo‘zg‘ash ekanini, shu orqali butun Markaziy Osiyoga taʼsir ko‘rsatishga urinayotganini maʼlum qilgan. Shuningdek, terrorchilar MDH hududiga qochqinlar ko‘rinishida kirishga harakat qilayotgani taʼkidlandi.

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko esa “Tolibon” Afg‘oniston shimolida asta-sekin nazorat yo‘qotayotganiga eʼtibor qaratgan.

 

Avvalroq O‘zbekiston TIV “Tolibon” bilan muzokaralar yuzasidan bayonot bergani hamda Qandahorda ISHID terakt uyushtirgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика