Olaf Sholts Germaniyada ishlashga tayyor barcha migrantlarni mamlakatga taklif qildi. Bu haqda kansler Davos iqtisodiy forumidagi chiqishida maʼlum qilgan.
"Ishlamoqchi bo‘lgan barcha — Germaniyaga xush kelibsiz", — degan nemis hukumati rahbari.
O‘tgan yilgi holatga ko‘ra, Germaniyada ishsizlik 5.5 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga 12 yanvar kuni mamlakat savdo-sanoat palatasi GFRdagi 53 foiz kompaniyalarning ishchi kuchiga muhtojligini maʼlum qilgan. Bu ko‘rsatkich sanoat korxonalarida 67 foizni tashkil etadi.


