Ispaniya NATO mudofaa vazirlari Bryusselda muhokama qilgan harbiy ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha harakat rejasini boshlashni maʼqullashdan bosh tortdi.
Qisqasi, Ispaniya hujjatni bloklagan. Chunki reja parametrlarini muhokama qilish uchun NATOning 25 ta yetakchi harbiy-sanoat kompleks kompaniyalari va alyans mudofaa vazirlari yig‘ilishiga Ispaniya kompaniyasi taklif etilmagan. Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Robles birorta ham ispan kompaniyasi taklif etilmaganidan va ularning fikri inobatga olinmayotganidan norozi.


