Ispaniyaning "World2Fly" aviakompaniyasi Madridni Toshkent va Urganch bilan charter reyslar orqali bog‘lamoqda.
Madrid-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi reysi 2024-yil 23-mayga belgilangan. Toshkent – Madrid – Toshkent va Urganch - Madrid - Urganch yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar har ikki haftada bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Parvozlar Airbus A330-300 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, charter reyslar iyun oyi oxirigacha davom etadi va 2024-yilning sentabridan oktabriga qadar qayta tiklanadi.


