Ispaniya hukumati koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan favqulodda holat rejimini to‘xtatdi. Endi fuqarolar istalgan joyga niqobsiz borishi mumkin, deb xabar berdi Euronews.
Ispaniya hukumati COVID-19 pandemiyasi sababli joriy etilgan sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat tugatilganini rasman eʼlon qildi.
Rasmiylarning taʼkidlashicha, fuqarolar endi tibbiyot markazlari va dorixonalarda niqob taqishi shart emas. Respirator belgilari bo‘lgan odamlarga jamoat joylariga va tibbiyot xodimlariga tashrif buyurganlarida niqob taqishi tavsiya etiladi.
Keyingi ikki yil ichida Ispaniya COVID-19 tufayli cheklovlarni asta-sekin yumshatib keldi.
Pandemiya davrida mamlakatda 14 million koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. 122 ming kishi COVID-19‘dan vafot etdi.


