1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ispaniyada shubhali konvertlar aniqlanmoqda

Ular Ukrainaga aloqador joylarga jo‘natilyapti.

Ispaniyada shubhali konvertlar aniqlanmoqda

 

Madrid yaqinidagi aviabazada so‘nggi bir sutkada uchinchi portlovchi qurilma solingan paket topildi.  

 

Qayd etilishicha, u Kiyevga ma’lumot beruvchi bazaning sun’iy yo‘ldosh markaziga pochta orqali jo‘natilgan. Avvalroq xuddi shunday jo‘natmalar  Ukrainaning Ispaniyadagi elchixonasi va ukrain armiyasi uchun granata otish moslamalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyaga ham yuborilgandi. 

 

Havo bazasi xavfsizlik tizimlari shubhali konvertni rentgen tekshiruvidan o‘tkazgan. Natijada uning ichida mexanizm aniqlanib, bu haqda huquq-tartibot idoralari xodimlari xabardor qilingan.  Politsiyaning fikricha, uchala voqea ham bir-biri bilan bog‘liq. 

 

30-noyabr kuni Ukrainaning Ispaniyadagi elchixonasiga elchi Sergey Pogorelsev nomiga shubhali konvert kelgan edi. Qorovul uni ochganida portlash yuz bergan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика