1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ispaniyada vazirlarning mobil telefonlariga hujumlar bo‘lmoqda

Mamlakat Ichki ishlar vazirining telefoniga buzib kirildi.

Ispaniyada vazirlarning mobil telefonlariga hujumlar bo‘lmoqda

 

Ispaniya ichki ishlar vaziri Fernando Grande-Marlaschining telefoniga “Pegasus” josuslik dasturi yordamida buzib kirilgan. 

 

Avvalroq rasmiylar 2021-yilda bosh vazir Pedro Sanches va mudofaa vaziri Margarita Roblesning mobil telefonlariga buzib kirilgani haqida xabar bergan edi.


Milliy kriptologiya markazi oxirgi kunlarda Vazirlar Kengashi a’zolarining barcha mobil qurilmalarini tekshirdi.  Qishloq xo‘jaligi vaziri Luis Planasning ham telefoniga kirish uchun muvaffaqiyasiz urinish bo‘lgan.


Avvalroq Ispaniya ommaviy axborot vositalarida Kataloniya mustaqilligi tarafdorlarining 60 dan ortiq shaxsi “Pegasus” dasturi yordamida kiberjosuslik qurboni bo‘lgani haqida xabar tarqatilganidan keyin janjal kelib chiqqan edi. 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика