1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroil — G‘azo urushi oqibatida 11 jurnalist halok bo‘ldi

Shuningdek, 2 nafar OAV xodimi bedarak yo‘qolgan.

Isroil — G‘azo urushi oqibatida 11 jurnalist halok bo‘ldi

 

7-oktabrdan beri Isroil armiyasining G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumi natijasida 11 jurnalist halok bo‘ldi, 20 dan ortiq OAV xodimi yaralandi. Bu haqda Falastin Jurnalistlar uyushmasi hisobotida aytilgan.

 

Hisobotda, shuningdek, ikki OAV xodimining g‘oyib bo‘lgani qayd etilgan.

 

Hujjatda falastinlik jurnalistlarga hujumlar soni ortib borayotgani va 20 ga yaqin jurnalistning uyiga hujum qilingani haqida xabar berilgan.

 

Bundan tashqari, hisobotda jurnalistlarning oila aʼzolari uylariga qilingan hujum chog‘ida halok bo‘lgani va yaralangani qayd etilgan.

 

Al Jazeeraning ofisi, Falastin televideniyesi, “Aksa” media tarmog‘i, «Maan» axborot agentligi, “Al-Quds” gazetasi va baʼzi radiostansiyalar Isroil o‘qlaridan zarar ko‘rdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика