1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Isroil aviatsiyasi Bayrut chekkasiga zarbalar berdi

Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Isroil aviatsiyasi Bayrut chekkasiga zarbalar berdi

Livan Milliy axborot agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, Isroil Livan poytaxtining Hizbulloh harakati joylashgan janubiy chekkalariga kamida 17 marta zarba bergan. Livan matbuoti havo hujumini mojaro boshlanganidan beri kuzatilgan “eng shafqatsiz hujum” deb atadi.

 

OAV maʼlumotlariga ko‘ra, hujum xususan El-Leylaki hududiga qaratilgan bo‘lib, u yerda oltita bino, jumladan, turar-joy majmuasi vayron bo‘lgan. "Isroil havo hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, besh kishi, jumladan, bir bola yaralandi", deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика