1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroil aviatsiyasi Livan janubiga navbatdagi zarbalarini uyushtirdi

Eron hukumati maʼlumotlariga ko‘ra, Isroilga qaratilgan “Hizbulloh” harakatining 100 ga yaqin raketa uchirish qurilmasi hujumga uchragan.

Isroil aviatsiyasi Livan janubiga navbatdagi zarbalarini uyushtirdi

Isroil telekanallari Livanning g‘arbiy Bekaa viloyatidagi Midon va Ayn at-Tina atroflariga zarbalar berilgani haqida xabar bermoqda. “Hizbulloh” bosh kotibi Hasan Nasrulloh o‘z nutqida Isroilning bugungi keng ko‘lamli hujumlariga izoh berib o‘tar ekan, javob zarbalari qachon va qayerda bo‘lishi haqida gapirmasligini maʼlum qildi.

 

Avvalroq Isroilga Hamasning siyosiy yetakchisini o‘ldirgani uchun javoban zarba berish bilan Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy, shuningdek, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari Sardar Salomiy tahdid qilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика