The Economist nashrining yozishicha, Isroil va Eron o‘rtasida boshlangan qurolli to‘qnashuvga sabab bo‘lgan asosiy omil – Eronning yadro quroli yaratishga oid harakatlari haqida Isroil razvedkasi tomonidan olingan ma’lumotlar bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, Isroil razvedkasi Eron yadro olimlarining Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) havo kuchlari bilan yadroviy qurol, xususan, yadroviy raketa yaratishni muhokama qilgan uchrashuvi haqida axborot olgan. Bu uchrashuv urush qarorini tezlashtirgan muhim omil sifatida ko‘rilmoqda.
Shuningdek, Isroil xalqaro Atom energiyasi agentligi (IAEA) mutaxassislaridan boyitish darajasi noma'lum bo‘lgan yadroviy materiallar yashirilgani haqida ma’lumotlar olgani aytilmoqda. Garchi ushbu axborotning ishonchliligi bahsli bo‘lsa-da, G‘arbiy Quddusdagi mansabdorlar bu holatni “qaytib bo‘lmaydigan nuqta” sifatida baholagan.
Qayd etilishicha, Eronda olti yil muqaddam agar zarurat tug‘ilsa, yadroviy qurolni tezda yaratish imkonini beruvchi maxfiy guruh tashkil etilgan bo‘lishi mumkin. Isroil esa urush boshlangach, bu haqdagi hujjatlarni G‘arb davlatlari bilan baham ko‘rgan.


