1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroil G‘azodagi eng katta masjidni vayron qildi

U 1400 yildan ko‘proq vaqt oldin qurilgan.

Isroil G‘azodagi eng katta masjidni vayron qildi

 

Falastin xavfsizlik manbalari maʼlumotlariga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari juma kuni G‘azo shahridagi eng qadimiy va eng katta masjidni vayron qilgan.

 

“G‘azo sektoridagi eng katta va eng qadimiy masjid hisoblangan Umar masjidi Isroil armiyasining hujumidan so‘ng vayron bo‘ldi”, – deya xabar berdi Sinxua manbalari.

 

Taxminan 4100 kvadrat metr maydonga ega Umar masjidi 1400 yildan ko‘proq vaqt oldin qurilgan.

 

XAMAS Isroilning “G‘azo shahridagi muhim tarixiy obidalar va diniy obidalar”ga uyushtirgan hujumlarini qoralab, Isroil armiyasi hozirgacha G‘azo sektorida 104 ta masjid va 3 ta cherkovni vayron qilganini qayd etdi.

 

Falastin Madaniyat vaziri Atef Abu Seyfning aytishicha, Isroil hujumlari natijasida G‘azoning ko‘hna mahallasining katta qismi, jumladan, tarixiy binolar, masjidlar, muzeylar va arxeologik obidalar vayron bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика