2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil armiyasi G‘azo sektoriga 250 mingdan ortiq gumanitar yordam yuk mashinasining kirib kelishiga to‘sqinlik qildi.
G‘azo hukumati matbuot xizmatiga ko‘ra, Tel-Aviv maʼmuriyati G‘azo sektorida, xususan, Falastin eksklavi shimolidagi Jabaliya hududida ocharchilik inqirozini davom ettirmoqda.
"Oziq-ovqat va bolalar ovqati olib kirilishiga to‘sqinlik qilib, Isroil shu tariqa ocharchilik inqirozidan qurol sifatida foydalandi. Bu ham insoniyatga qarshi jinoyatdir", — deyiladi bayonotda.
G‘azo maʼmuriyati Isroil armiyasining oxirgi chegara darvozasini 169 kun davomida butunlay yopib qo‘yganiga va Falastin eksklavi barcha qismlari qattiq blokadaga olinganiga eʼtibor qaratdi.
Falastin eksklavi hukumati, shuningdek, G‘azo sektoridagi 2,4 million falastinlikka qarshi "ushbu dahshatli jinoyat yuzasidan xalqaro hamjamiyat va dunyo davlatlarining jim turishini tushunolmasligini" taʼkidladi.


