Isroil Tashqi ishlar vazirligi dushanba kuni Janubiy Afrika siyosatchilarining so‘nggi bayonotlariga javoban o‘z elchisini "maslahatlashuvlar uchun" chaqirib olganini eʼlon qildi.
O‘tgan hafta Janubiy Afrikaning hukmron Afrika milliy kongressi partiyasi parlamentda Isroil elchixonasini yopish to‘g‘risidagi qaror loyihasini qo‘llab-quvvatlashini maʼlum qilgan edi.
Janubiy Afrika hukumati Isroilni Hamas boshlagan urush paytida G‘azo sektoriga qilgan hujumlari uchun qattiq tanqid qilib, noyabr oyi boshida Isroildagi barcha diplomatlarini chaqirib olgan edi.