Isroilda bir necha soat ichida uchta avtobus portladi. Birinchi ikki avtobus Tel-Avivning Bat-Yam hududida bo‘sh turgan paytda portlagan. Uchinchi avtobus esa avtoturargohda portlatilgan. Politsiya bu hujumlarni terrorchilik hujumi deb baholamoqda.
Yana ikkita avtobusda portlovchi moslama aniqlanib, zararsizlantirilgan. Barcha qurilmalar taymer bilan bir vaqtning o‘zida portlashga mo‘ljallangan edi. Hujum joyida “Tulkarimdan qasos” degan yozuv topilgan.
HAMASning G‘arbiy Sohildagi “Tulkarim bataloni” Telegramda hujumlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganini bildirgan.
Politsiya hujumga aloqador shaxslarni qidirmoqda. Transport xavfsizligini oshirish maqsadida avtobus va poyezdlar tekshirildi.


