1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Isroilda qancha Oʻzbekiston fuqarosi borligi maʼlum qilindi

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi bu haqda ma'lumot berdi.

Isroilda qancha Oʻzbekiston fuqarosi borligi maʼlum qilindi

 

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarimizni Isroildagi yordamga muhtoj, yarador, bedarak yoʻqolgan va majburan hibsga olingan fuqarolarimiz haqida xabar berishga chaqirdi.

 

“Isroil Davlatida istiqomat qiluvchi Oʻzbekiston fuqarolari diqqatiga! Isroil hududida yordamga muhtoj, jabr koʻrgan, bedarak yoʻqolgan va majburiy ushlab turilgan Oʻzbekiston fuqarolari boʻyicha Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni va xabar berishingizni soʻraymiz. Murojaat uchun telefon raqamlar: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076”, — deyiladi mamlakatimiz diplomatik missiyasi murojaatida.

 

Elchixona maʼlumotlariga koʻra, Isroilda 10 mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi istiqomat qiladi va vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика