Isroilning Hadera shahrida sodir bo‘lgan otishmada ikki kishi halok bo‘ldi, uch nafar politsiyachi yaralandi, deb xabar berdi politsiya matbuot xizmati.
Ma'lumotlarga ko‘ra, gap katta ehtimol bilan terroristik xujum haqida ketmoqda. Ikki noma’lum shaxs Gerbert Samuel ko‘chasida politsiyaga qarata o‘t ochgan. Voqeaning qolgan tafsilotlari o'rganilmoqda.
Otishma kim va nima sababdan uyishtirilgani ham ma'lum emas. Hozircha hech bir terroristik guruh hujum uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olgani yo'q.


