1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroilda vazirlarga TikTokdan foydalanish taqiqlandi

Bu maʼlumotlar o‘g‘irlanishi xavfi bilan bog‘liq.

Isroilda vazirlarga TikTokdan foydalanish taqiqlandi

Isroilda vazirlar va ularning xodimlariga davlat telefonlariga xorijiy davlatlar tomonidan boshqariladigan ilovalarni o‘rnatish taqiqlandi.

 

Taqiq, xususan, TikTok IJtimoiy tarmog‘iga ham tegishli. Ushbu qonun loyihasi knesset aʼzosi Orit Farkash-Xakoen tomonidan kiritilgan.

 

Taqiq hukumat telefonlaridan maʼlumotlarni o‘g‘irlash xavfining oldini olishga qaratilgan. Maʼlumot olish mumkin bo‘lgan davlatlar qatorida Xitoy, Rossiya va Eronni tilga olingan.

 

Qonun loyihasi Milliy xavfsizlik kengashi, TikTok va Maxfiylik idorasi vakillarini o‘z ichiga olgan qo‘mita yig‘ilishida muhokama qilinganidan keyin taqdim etilgan.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика