1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ilm-fan

Isroilda yoshi ming yildan oshadigan tovuq tuxumi topildi

Arxeologlar Isroilning Yavne shahrida qadimiy tuxumni topishga muvaffaq bo‘ldi.

Isroilda yoshi ming yildan oshadigan tovuq tuxumi topildi

 

 

Yoshi ming yildan oshganiga qaramay, tuxum butun holatda topilgan. Bu haqda Isroil Qadimiy yodgorliklar boshqarmasiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

 

Bundan tashqari, arxeologlar islom davriga oid uchta suyak qo‘g‘irchoqlarni topgan, taxminlarga ko‘ra, ularni ming yillar oldin bolalar o‘ynagan.

 

«Tuxum po‘stlog‘i parchalari oldin ham topilgan, masalan, Dovud shahrida, Keysariya va Apolloniyada, biroq tuxum po‘stlog‘ining yupqaligi sabab tovuq tuxumi butunligicha saqlanib qolmagan. Hatto butun dunyo miqyosida ham bu juda noyob topilma», — deydi doktor Li Perri-Gal.

 

Ushbu topilmadan so‘ng qazish ishlari gidroejektorlar — kuchli suvosti pompalari yordamida amalga oshirila boshlangan. Ayrim arxeologlarning taʼkidlashicha, artefakt oqava suvlarga ega quduqda bo‘lgani sabab beshikast saqlanib qolgan.

 

Biroq tuxum qanday qilib u yerda paydo bo‘lganini aniqlash hozircha imkonsiz.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика