1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroilning G‘azoga qarshi havo hujumlarida ikki nafar jurnalist halok bo‘ldi

Bundan tashqari, hujum paytida bir nechta jurnalistlar jarohat olgani haqida xabar berilgan.

Isroilning G‘azoga qarshi havo hujumlarida ikki nafar jurnalist halok bo‘ldi

 

G‘azodagi shifoxona manbalaridan olingan “Anadolu” ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil aviazarbasi natijasida falastinlik jurnalistlar Said Al-tavil va Muhammad Subh halok bo‘lgan.

 

Guvohlarning so'zlariga ko‘ra, G‘azoning G‘arbiy qismidagi Rimal shahrida Isroil havo hujumlarini yoritish paytida jurnalistlar havo hujumiga uchragan. Bundan tashqari, hujum paytida bir nechta jurnalistlar jarohat olgani haqida xabar berilgan.

 

Isroil havo kuchlari tunda G‘azoning turli shaharlarini o'qqa tutishda davom etdi. O‘lganlar yoki jabrlanganlar soni haqida hali ma'lumot berilmagan. Isroil ommaviy axborot vositalari, 800 kishining o'limi va 2300 dan ortiq isroilliklarning yaralanishi haqida xabar berishdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика