1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ stipendiyasi g‘oliblari aniqlandi

Tanlov natijasiga ko‘ra, Toshkent davlat texnika universitetining uch nafar magistranti g‘olib deb topildi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ stipendiyasi g‘oliblari aniqlandi

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy etilgan stipendiya dasturi doirasida energetika sohasidagi istiqbolli mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan 2025–2026 o‘quv yili stipendiatlari aniqlandi.

 

Saralash jarayonlari natijasiga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining magistratura bosqichida tahsil olayotgan quyidagi 3 nafar talabining nomzodi munosib deb topildi:

 

• Shodmonov Diyorbek Umid o‘g‘li – “Sanoat issiqlik energetikasi” fakulteti,

• Bekbosinova Eleonora Amankeldi qizi – “Elektr texnik majmualar va tizimlar” fakulteti,

• Saimov Sardorbek Dilshod o‘g‘li – “Energetika (issiqlik energetikasi)” fakulteti.

 

Bugungi kunda mazkur stipendiya yosh mutaxassislar uchun nafaqat moddiy rag‘bat, balki ularning kasbiy o‘sishiga keng imkoniyatlar yaratadi.

 

Stipendiatlarga “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan maxsus sertifikatlar tantanali marosimda topshirildi.

 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика