Turkish Airlines aviakompaniyasi Istanbuldan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshirishni boshladi.
7-iyun kuni ertalab Turkish Airlines samolyoti Buxoro aeroportiga kelib qo‘ndi.
Muntazam aviaqatnovlar haftaning har seshanba va juma kunlari yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston va Turkiya shaharlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan muntazam aviaqatnovlar soni 56 tani tashkil qildi.


