Turkiyaning Istanbul shahridan Buxoroga uchgan TK-266 reysi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoroda noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelgan. Aeroport hududida qalin tuman kuzatilgani sababli reys Toshkentga yo‘naltirilgan.
Avvalroq, Moskva-Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyot favqulodda Navoiyga qo‘ndirilgandi.


