1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Istanbulda kuchli portlash sodir bo‘ldi

Hozirda hudud vertolyot orqali nazorat qilinmoqda.

Istanbulda kuchli portlash sodir bo‘ldi

 

Istanbulning Beyoglu tumanidagi Istiklyal ko‘chasida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 38 kishi jarohatlangan.

 

“Bugun mahalliy vaqt bilan soat 16:20 da Beyoglu tumanidagi Istiklyal ko‘chasida portlash sodir bo‘ldi. Voqea joyiga zudlik bilan tez yordam, qutqaruvchilar, xavfsizlik kuchlari va AFAD guruhlari jo‘natildi”, - deb yozdi Istanbul gubernatori Ali Yerlikaya Twitter’da.

 

Portlashga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas. Jarohatlanganlarning bir qismi yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.

 

Polisiya xavfsizlik choralarini ko‘rdi va ko‘chada piyodalar va transport harakatini to‘xtatdi. Bundan tashqari, “Taksim” masjidi ham yopildi. Hudud havodan vertolyot orqali nazorat qilinmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика