1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Istanbulda o‘zbekistonlik ayolning boshsiz jasadi axlat konteyneridan topildi

Qotillikda gumonlangangan ikki nafar O’zbekiston fuqarosi Turkiyadan Gruziyaga qochayotganda qo’lga olindi.

Istanbulda o‘zbekistonlik ayolning boshsiz jasadi axlat konteyneridan topildi

 

 

Turkiyaning Istanbul shahri, Shishli tumanida axlat konteyneridan topilgan boshsiz ayol jasadi O‘zbekiston fuqarosiga tegishli ekani rasman tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur voqeani chuqur qayg‘u bilan qabul qilganini bildirib, rasmiy bayonot e’lon qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 24-yanvar kuni soat 19:40 atrofida chiqindilar orasidan buyum to‘plab yurgan shaxs konteyner ichida choyshabga o‘ralgan jasadni ko‘rib, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Dastlabki ko‘rik jarayonida jasadning bosh qismi mavjud emasligi aniqlangan.

 

Bosh konsulxona tomonidan Turkiya huquq-tartibot idoralari, sud-tibbiy ekspertiza markazi va prokuratura bilan hamkorlikda olib borilgan tekshiruvlar natijasida marhuma 37 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi — D.H. ekani tasdiqlangan.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu jinoyat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining ikki nafar fuqarosi qo‘lga olingan. Ular Turkiyadan Gruziyaga aviareys orqali qochishga uringan paytda ushlangan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda va jarayon Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan.

 

Shuningdek, Bosh konsulxona diplomatlari marhumaning oila a’zolari bilan aloqa o‘rnatib, ularga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi. Konsulxona marhumaning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, qo‘shimcha ma’lumotlar faqat rasmiy manbalar orqali e’lon qilinishini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика