1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Istanbulda yashash uchun ruxsatnoma berish taqiqlangani haqidagi xabarlar rad etildi

Avvalroq Istanbul boʻylab xorijliklarga yashash ruxsatnomasini berish taqiqlangani haqida xabarlar tarqalgandi

Istanbulda yashash uchun ruxsatnoma berish taqiqlangani haqidagi xabarlar rad etildi

 

OAVda Istanbulning barcha tumanlari xorijliklarga yashash uchun ruxsatnoma berishni to‘xtatgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, bu masala hozircha muhokama qilinmayapti, dedi Turkiya migratsiya departamenti.

 

Shu bilan birga, departamentning ta'kidlashicha, 2022-yilning kuzida Istanbuldagi 39 munitsipalitetdan 10 tasi ushbu hududlarda chet elliklar soni umumiy aholi sonining 20 foizidan oshgani sababli yangi yashash uchun ruxsatnomalar berishni to'xtatgan.

 

Ushbu cheklovlar bugungi kunda ham amal qilishda davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика