Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu fojia zilzila paytida yuqori qavatda bo‘lgan fuqaro kuchli qo‘rquv holatiga tushgani oqibatida yuzaga kelgan.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi marhumning jasadini Vatanga yuborish uchun barcha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rayotganini maʼlum qildi.


