1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Italiya Ukrainaga yordam sifatida 110 mln yevro ajratdi

Shuningdek, Yevroittifoq Ukraina armiyasi uchun qurol va boshqa materiallar, xususan, yoqilg‘i yetkazib berishni moliyalashtirmoqchi.

Italiya Ukrainaga yordam sifatida 110 mln yevro ajratdi

 

Italiya tashqi ishlar vaziri Luidji Di Mayo Ukraina hukumatiga zudlik bilan 110 million yevro to‘lash bo‘yicha rezolyutsiya imzolanganini ma’lum qildi. 

 

“Men hamkasbim Dmitriy Kulebaga yaqinda Kiyev hukumatiga zudlik bilan 110 million yevro to‘lash to‘g‘risidagi qarorni imzolaganimni aytdim, bu Italiya biz bilan birodarlik aloqalari mavjud bo‘lgan xalqni qo‘llab-quvvatlashining aniq ifodasi”, — dedi Di Mayo. 

 

Bundan tashqari, yakshanba kuni YI diplomatiyasi rahbari Josep Borrel blokka Ukraina armiyasi uchun qurol va boshqa materiallar, xususan, yoqilg‘i yetkazib berishni moliyalashtirishni taklif qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, Ukrainaga Germaniya, Xitoy va Fransiyadan insonparvarlik yordami kelgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика