1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Italiya yaqinida muhojirlar qayig'i halokatga uchradi

O'nlab odamlar bedarak yo'qolgan.

Italiya yaqinida muhojirlar qayig'i halokatga uchradi

 

Italiyaning Lampeduza oroli qirg‘oqlarida muhojirlar bo‘lgan ikkita qayiqning qulashi oqibatida 30 ga yaqin odam bedarak yo‘qoldi

 

Sohil xavfsizlik xizmati maʼlumotlariga koʻra, 57 yoʻlovchi qutilishga muvaffaq boʻlgan. Bundan tashqari, ikki murda – ayol va bolaning jasadi topilgan. Ikkala qayiq ham Tunisdan yo'lga chiqqani taxmin qilinmoqda. Birinchi qayiqda 48 kishi, ikkinchisida esa 42 kishi bo‘lgan.

 

Italiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon mamlakatga dengiz orqali deyarli 92 ming noqonuniy migrant kelgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика