Italiyaning Peskara shahrida kuchli suv toshqini tufayli avtomobil yo‘li tunneli qulab tushdi, bu esa transportlar harakatida tartibsizlikka olib keldi.
O‘sha paytda tunneldan o‘tib ketayotgan mashina yiqilib tushgan vayronalarni chetlab o‘ta olmay ularga borib urilgan.
Baxtli tasodif tufayli haydovchi deyarli jarohat olmadi. Har ikki yo‘nalishda ham harakat yopildi. Mahalliy hokimiyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bunga kechagi noqulay ob-havo to‘lqini va kuchli yog‘ingarchilik sabab bo‘lgan. Natijada tunnelning gidroizolyasiyasi va yuk ko‘tarmaydigan qoplamasi buzilgan.


