1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Italiyada maymunchechak infeksiyasini yuqtirganlar 70 nafardan oshdi

Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining kasalliklar profilaktikasi departamenti rahbari Jovanni Rezza maʼlum qildi.

Italiyada maymunchechak infeksiyasini yuqtirganlar 70 nafardan oshdi

 

Italiyada hozirgacha 71 kishida maymun chechak infeksiyasi aniqlangan

 

«Aslida, ular ko‘p emas, lekin tarqalish oshmasligini taʼminlash muhim va buning uchun oddiy tavsiyalarga amal qilish kerak», deydi Rezza. Shuningdek, u kasallikning belgilari ikki-uch hafta ichida paydo bo‘lishi va o‘choqlari geografik jihatdan cheklanganligiga eʼtibor qaratdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, simptomlar toshma va baʼzi hollarda isitma, mushaklarning og‘rig‘i va charchoqdir. 

 

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymun chechak virusi tarqalishining global xavfini baholash uchun favqulodda qo‘mitani chaqirishi maʼlum bo‘lgan edi. Ushbu yig‘ilish 23 iyunga belgilangan. Tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesus avvalgi avj olishlarga nisbatan infeksiyaning hozirgi versiyasi o‘zini g‘ayrioddiy tutishini, shuning uchun virusologlar bunga alohida eʼtibor qaratishlari kerakligini qayd etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика