1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Italiyada mushuk sabab samolyotning parvozi kechiktirildi

U simlar orasiga yashirinib, ikki kun chiqmagan.

Italiyada mushuk sabab samolyotning parvozi kechiktirildi

Rimdan Germaniyaga uchayotgan Ryanair aviakompaniyasining samolyoti ikki kun kechikdi. Bunga sabab – bortga yashirincha kirib olgan mushuk bo‘ldi.

 

Parvozdan oldin ekipaj a’zolari samolyotning oldingi qismidan mushukning ovozini eshitib qolishgan. Xodimlar uni elektrotexnika bo‘limida topishgan, biroq mushukni ushlashning iloji bo‘lmagan. U simlar orasiga yashirinib, har qanday harakatdan qochgan.

 

Muhandislar bir nechta panellarni yechib tashlashga majbur bo‘lishgan, ammo mushuk baribir qo‘lga tushmagan. Oradan ikki kun o‘tib, u o‘zi chiqib ketgan va shundan keyin samolyot Germaniyaga parvozni amalga oshirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика