1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Italiyada sayyohlik kemasi cho‘kib ketdi, qurbonlar bor

Kema halokatiga kuchli shamol sabab bo‘lgan.

Italiyada sayyohlik kemasi cho‘kib ketdi, qurbonlar bor

 

Italiya shimolidagi Madjore ko‘lida kuchli shamol tufayli 20 dan ortiq yo‘lovchisi bo‘lgan qayiq cho‘kib ketdi. Halokat oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi. Maʼlumotlarga ko‘ra, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan.

 

Hodisa yakshanba oqshomida Sesto-Kalende va Arona shaharlari o‘rtasida sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Italiya OAV.

 

Italiya yong‘in xavfsizligi xizmati 19 kishi qutqarilgani, bedarak yo‘qolganlarni qidirish davom etayotganini maʼlum qildi.

 

"Sayyohlar ijaraga olgan qayiqda 25 kishi bo‘lgan, u ag‘darilib, ko‘p o‘tmay cho‘kib ketgan", — deya xabar beradi yangiliklar sayti La Repubblica.

 

Ko‘plab yo‘lovchilarning o‘zlari qirg‘oqqa suzib ketishgan.

 

Alp tog‘larining janubiy chekkasidagi Madjore ko‘li ikki davlat - Shveysariya va Italiya hududida joylashgan bo‘lib, sayyohlar orasida mashhur hisoblanadi.

 

So‘nggi kunlarda hududda yomon ob-havo kuzatilgan, meteorologlar bo‘ron haqida ogohlantirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика