1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xitoyda uchta muassasa tajribasini o‘rgandi

“Bu kabi muassasalarning tajribalarini o‘rganish orqali adolatli va inklyuziv jamiyat qura olishimizga ishonchimiz komil”, — deydi agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xitoyda uchta muassasa tajribasini o‘rgandi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xitoyda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishda muhim rol o‘ynaydigan uchta muassasa tajribasini o‘rganib qaytdi.

 

Bular:

 

Shanxay Bolalar tibbiyot markazi. Qayd etilishicha, markaz pediatriya, bolalar jarrohligi va alohida ehtiyojli bolalarni reabilitatsiya qilish sohasidagi salmoqli yutuqlari bilan ajralib turadi. Markazda imkoniyati cheklangan bolalar salomatligi va hayot sifatini yaxshilash borasida faol ishlar olib borilmoqda.

 

Voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish markazi. Ushbu markaz qiyin vaziyatlarga tushib qolgan bolalarning hayotini yaxshilash uchun kurashadi va oilalarini qo‘llab-quvvatlash ustida ish olib boradi.

 

Shanxay reabilitatsiya uskunalari ko‘rgazma markazi. Bu markaz nogironlar va keksalar uchun ularni reabilitatsiya qilish va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan keng turdagi yordamchi uskunalarni taqdim etadi. Ushbu markaz imkoniyati cheklanganlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan vositalardan foydalanish imkonini berishda muhim ahamiyat kasb etadi.



“Bu kabi muassasalarning tajribalarini o‘rganish orqali adolatli va inklyuziv jamiyat qura olishimizga ishonchimiz komil”, — deydi agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика