1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

"Jadidlar g‘oyasi — Yangi O‘zbekiston strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohang", — Shavkat Mirziyoyev

Ayni damda Prezident raisligida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

"Jadidlar g‘oyasi — Yangi O‘zbekiston strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohang", — Shavkat Mirziyoyev

 

 

"Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur.

 

Yaqinda poytaxtimizda o‘tkazilgan “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi konferensiya jahon ilm-fan va madaniy jamoatchiligi o‘rtasida katta qiziqish va eʼtibor uyg‘otdi.

 

Bu ishlarni yana-da kengaytirish va yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezident qarori qabul qilinadi.

 

Maʼrifatparvar ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor bo‘lib xizmat qilishi tabiiy.

 

Bu kimgadir yoqadimi yoki yo‘qmi, xalqimiz jadid bobolarimiz ko‘rsatib bergan yo‘ldan og‘ishmay borishi kerak. Chunki ularning g‘oya va dasturlari Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohangdir",
dedi Prezident.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика