1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Media

Jadidlar harakatiga bag‘ishlangan film suratga olindi

Kartinada bosh rollarni O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning taniqli shaxslari ijro etgan.

Jadidlar harakatiga bag‘ishlangan film suratga olindi

 

O‘zbekistonda jadidchilik harakati haqida hikoya qiluvchi “Armon” filmi yaratildi.

 

“Armon” filmi jadidchilikka asos solinish tarixi, uning namoyondalari taqdiri, 1917 yil siyosiy voqealarining islohotchilar harakatiga taʼsiri, shuningdek, jadidlarning O‘zbekiston tarixida qoldirgan izi haqida haqida hikoya qiladi. Bundan tashqari, film gender tenglik masalalariga eʼtibor qaratadi va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridagi taraqqiyparvarlar harakatlariga ham to‘xtaladi.

 

Kartinada bosh rollarni O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning taniqli shaxslari, xususan Erkin Bozorov, Said-Abdulaziz Yusupov, Manija hamda Askar Ilyasovlar ijro etgan. Filmni suratga olish ishlari O‘zbekiston, Rossiya va Turkiya davlatlarida bo‘lib o‘tgan. Loyiha ustida 2 yil davomida ishlangan.

 

Filmning yopiq premyerasi 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tgandi. Bugun, 20 noyabr kuni soat 20:00 da kartina YouTube platformasiga joylandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика