Hindistonlik-amerikalik tadbirkor Adjay Banga Jahon bankining yangi prezidenti etib saylandi. Ilgari u uzoq vaqt MasterCard kompaniyasini boshqargan, deya xabar beradi Euronews.
63 yoshli tadbirkor bu lavozimga yagona nomzod edi. Biroq, qaror bir ovozdan qabul qilinmadi: Rossiya vakili betaraf qoldi.
Anʼanaga ko‘ra, Jahon banki prezidenti Amerika fuqarosi bo‘ladi va u AQSH prezidenti tomonidan taklif etiladi.
Bankning avvalgi rahbari Devid Malpas o‘z lavozimini 1 yil erta tark etadi. Aniq sabab rasman aytilmagan.


