Payshanba kuni neft narxi geosiyosiy keskinlikning yumshashi, shuningdek, Xitoyda COVID-19 bilan kasallanish holatlari sonining ko‘payishi tufayli pasayib ketdi. Bu dunyodagi eng yirik neft importchisining talabini kamaytirishi mumkin, deb xabar berdi Reyters agentligi.
Payshanba kuni ertalabki savdolarda Brent nefti fmyucherslari 1,04 dollarga yoki 1,1 foizga pasayib, Grinvich vaqti bilan 04:30da (Astana vaqti bilan 10:30) bir barreli 91,82 dollarni tashkil qildi. West TexasIntermediate (WTI) nefti fyucherslari 1,17 dollar yoki 1,4 foizga arzonlashib, bir barreli 84,42 dollarni tashkil qildi. Shuningdek, kecha Rossiya neftini Vengriyaga “Do‘stlik” neft quvuri orqali yetkazib berish qayta tiklanganidan so‘ng Brent markasi 1 foizga, WTI 1,5 foizga tushdi.
«NATO Rossiyaning Polshaga raketa hujumiga javob qaytarganidan keyin xom neft narxi tushib ketdi. Shu bilan birga, Xitoyning COVID-19 cheklovlari va global iqtisodiy ko‘rinishning noqulayligi tufayli talab haqida xavotirlar mavjud», — dedi Buyuk Britaniyada joylashgan CMC Markets tahlilchisi Tina Tan.
Taʼkidlash joizki, Xitoyda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan past, ammo Pekin kasallikning oldini olish uchun COVIDga qarshi qatʼiy siyosat yuritadi. Payshanba kuni Xitoyning Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi kuniga 23,000 dan ortiq yangi holatlar haqida xabar berdi.


