1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Jahon chempionatida ofsaydni endi sun’iy intellekt aniqlaydi

Yangi texnologiya o‘yin holatini aniqlash vaqtini to‘rt soniyagacha qisqartiradi.

Jahon chempionatida ofsaydni endi sun’iy intellekt aniqlaydi

 

FIFA Qatardagi jahon chempionatida o‘yindan tashqari holatni aniqlashning yarim avtomatik tizimini joriy qiladi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar bermoqda.


Xabarda aytilishicha, yangi texnologiya o‘yin holatini aniqlash vaqtini to‘rt soniyagacha qisqartirishi kerak.  Sun’iy intellektni joriy etish haqidagi qaror Xalqaro futbol assosiasiyasi kengashi tomonidan qabul qilingan. Yangi tizim darvoza chizig‘ini kesib o‘tish texnologiyasi bilan bir xil jarayondan foydalanadi.


Tizimning ishlash prinsipi shundaki, u video arbitr yordamchisiga yashin tezligida bildirishnoma yuboradi. Shundan so‘ng u ofsaydda bo‘lgan o‘yinchining epizodiga ta’sir darajasi haqida qaror qabul qiladi.


Kameralar va kompyuterlar o‘yinchilar va to‘pni kuzatib boradi va sun’iy intellekt to‘p tepilgan istalgan vaqtda o‘yinchi ofsaydda ekanligini aniqlashi mumkin bo‘ladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика