1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakil lavozimi joriy qilindi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakil lavozimi joriy qilindi

 

“O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Unga muvofiq, Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiyaning yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

 

Qaror bilan Prezident Administratsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi tashkil qilindi.

 

JSTga aʼzo bo‘lish jarayonini jadallashtirish, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatining natijadorligini taʼminlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish maxsus vakilning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

 

Qarorga ko‘ra: 

 

➖Adliya vazirligiga maʼmuriy islohotlar doirasida milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish funksiyasi yuklandi;

 

➖Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi markaziy apparatida Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash va savdo muzokaralari departamenti tashkil etildi;

 

➖O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasida JST masalalari bo‘yicha birinchi kotib lavozimi kiritildi.

 

➖2023 yil 1 iyuldan JST qoida va meʼyorlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика