1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Jaloliddin Masharipov Gretsiya klubiga o‘tadi

“Al-Nasr” jamoasi bilan xayrlashgan Masharipov faoliyatini Gretsiya chempionatida davom ettiradi.

Jaloliddin Masharipov Gretsiya klubiga o‘tadi

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Jaloliddin Masharipov Gretsiyaning “Panserraikos” klubi shartnoma imzoladi. Bu haqda futbol klubi matbuot xizmati xabar berdi.

 

O‘zbekistonlik yarim himoyachi klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Masharipov 10-raqam ostida to‘p suradi.

 

“Panserraykos” Gretsiyaning tarixiy jamoalaridan biri bo‘lib, 1964 yilda tashkil topgan. Klub Gretsiya Superligasining joriy mavsumida 6 ochko bilan jadvalda 8-o‘rinni egallab turibdi (14 jamoa orasida).

 

Jaloliddin Masharipov 2021-2023 yillarda Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida to‘p surdi. Avgust oyida uni erkin agent sifatida tark etdi.

 

Masharipov faoliyati davomida “An-Nasr”dan tashqari “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Shabob al-Ahli” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

 

Futbolchi O‘zbekiston terma jamoasi safida 2016 yildan buyon 52 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика