1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Jang maydonida 55 ming ukrainalik askar halok bo‘ldi — Zelenskiy

Rossiya prezidenti yo‘qotishlar nisbati taxminan 1:5 ekanini bildirgan, Rossiya tarafining zarar ko‘rishi Ukraina tomoninikidan bir necha baravar kam ekanligi taʼkidlangan.

Jang maydonida 55 ming ukrainalik askar halok bo‘ldi — Zelenskiy

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy France 2 telekanaliga bergan intervyusida 2022 yil 24 fevraldan boshlangan harbiy harakatlardan beri Ukraina Qurolli Kuchlarining yo‘qotishlari haqida maʼlumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jang maydonida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning rasmiy soni 55 000 nafarni tashkil etadi. Shu bilan birga, Ukraina ko‘plab odamlarni bedarak yo‘qolgan deb hisoblaydi, ammo ularning aniq sonini oshkor qilmagan.

 

Xorijiy tadqiqot markazlarining maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar holatiga ko‘ra, Rossiyaning Ukraina hududidagi “maxsus operatsiyasi” boshlanganidan beri Ukraina Qurolli Kuchlarining jangovar yo‘qotishlari 100 000–140 000 nafar harbiy xizmatchini tashkil etadi. Ochiq manbali loyihalarning hisobotlariga ko‘ra, fevral oyiga kelib 86 000 kishi halok bo‘lgan va 89 000 kishi bedarak yo‘qolgan.

 

Prezident Zelenskiy rasmiy raqamlarni oshkor qilib, Ukraina armiyasi yo‘qotishlarining jiddiyligini taʼkidladi, ammo xalqaro manbalar va ekspertlar bu raqamni yana-da yuqori baholamoqda.

 

Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yil iyun oyida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotishlar nisbati taxminan 1:5 ekanligini bildirgan, Rossiya tomonining yo‘qotishlari Ukraina tarafinikidan bir necha baravar kam ekanini taʼkidlagan.

 

Zelenskiy intervyusida jang maydonidagi vaziyatning murakkabligi va Ukraina Qurolli Kuchlarining jasoratini qayd etib, xalqaro hamjamiyatning yordami va strategik qo‘llab-quvvatlashning muhimligini yana bir bor eslatdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика