1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janob Putin jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi — Stiving King

Amerikalik yozuvchi Stiven King o‘zining Twitterʼdagi sahifasida Rossiya va Ukraina inqiroziga munosabat bildirdi.

Janob Putin jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi — Stiving King

 

U DXR va LXR Xalq Respublikalari mustaqilligini tan olgan Putinning xatti-harakatlariga baho bergan.

 

Yozuvchining fikriga ko‘ra, "Putin Ukraina masalasida o‘ylamay ish tutdi. U endilikda Tramp ishlamayotganini unutib qo‘ydi”, — deb yozdi Stiven King.

 

Uning obunachilari adibning fikriga turlicha munosabat bildirishgan. Obunachilardan biri Rossiya Qrimni Tramp prezident bo‘lguniga qadar o‘z hududiga qo‘shib olganini taʼkidlagan bo‘lsa, yana biri LXR va DXR Tramp prezidentlik lavozimidan ketganidan keyin tan olinganini yozib qoldirgan.

 

Internet foydalanuvchilarining bir qismi esa Stiven Kingga “urush muxlisi bo‘lmaslik”ni maslahat berishgan.

 

Maʼlumot uchun: Stiven King xorror janrida ijod qiluvchi dunyodagi eng mashhur yozuvchilardan biri hisoblanadi. Uni adabiyot va kino muxlislari “Dahshatlar qiroli” deb atashadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishga qaror qilganini  maʼlum qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика